"Real" 18 yoshli hujumchini ijaraga oldi

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2019, 14:45
"Melilya" hujumchisi Muhammad Mizzian "Real" futbolchisiga aylandi.

Madridliklar 18 yoshli futbolchini xarid qilish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

"Real" bir necha oy mobaynida futbolchini kuzatdi. Mizzian "Real"ga qarshi kechgan Ispaniya Kubogi 1/16 final uchrashuvida (6:1) asosiy tarkibda bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: udmelilla.es