"RB Leyptsig" Lois Openda bo'yicha 4-taklifni yubordi

Omonjon To`xtamirzayev
5 iyul 2023, 17:01
"RB Leyptsig" "Lans" hujumchisi Lois Openda bo'yicha navbatdagi taklifni yubordi.

Transfer summasi 43 million evro va bonuslarni tashkil qilishi mumkin.

Klublar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Opendaning o'zi esa "RB Leyptsig" bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

O'tgan mavsum 23 yoshli belgiyalik 43 o'yinda 21 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma etkazib berdi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footmercato.net