Rays jamoaviy mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi

Оқил Абдубарноев
7 dek 2022, 21:47
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays 7 dekabr kuni jamoa mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi betobligi tufayli mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.

2022 yilgi jahon chempionati Qatarda bo'lib o'tmoqda va 18 dekabr kuni yakunlanadi. Angliya terma jamoasi 1/4 finalda Fransiyaga qarshi to'qnash keladi.

Qatardagi turnirda 23 yoshli futbolchi milliy terma jamoa safida barcha 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail