Rayola: "Zlatanda Messining iqtidori, Ronalduning xarakteri mujassam"

Mirjalol Normatov
8 dek 2020, 22:38
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola mijozi haqida gapirdi.

"Mendan Ronaldu yoki Messini birini tanlashni so'rashganida doim Krishtianuni tanlayman. Biroq Ibragimovich boshqa sayyoraning futbolchisi. Zlatan - futbol tarixidagi eng zamonaviy futbolchi. Agarda mening qo'limda bo'lganida Zlatanga 8 marta "Oltin to'p" bergan bo'lardim", - dedi Rayola.

Ushbu mavsumda 39 yoshli Ibragimovich "Milan" tarkibida 10 o'yinda 11 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal