Rayola Pogbaning qishda "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkinligiga ishora qildi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2021, 21:11
Pol Pogbaning agenti Mino Rayola futbolchining qishki transferlar vaqtida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkinligiga ishora qildi.

Eslatib o'tamiz, Pogbaning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. FIFA qoidalariga ko'ra, 1 yanvardan boshlab futbolchi boshqa klublar bilan muzokara olib borishi, hattoki jamoa bilan dastlabki shartnomani tuzishi mumkin bo'ladi.

"Pogbaning kelajagi? Dekabr - orzular oyi ... va men odamlarga buni taqiqlay olmayman, lekin hozirda Pol haqida gapirmagan yaxshi.

Uning shartnomasi haqida gapirishga hali erta. Ammo men odamlarni orzu qilishdan to'xtata olmayman", – dedi Rayola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RAI