Rayola: "Pogba haqida gapirsam, odamlar kechasi uxlolmay chiqadi"

Mirjalol Normatov
11 fev 2021, 22:58
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola mijozining kelajagi borasida gapirdi.

"Pol haqida gapirmayman. Nimadir aytib qo'ysam, odamlar mendan xafa bo'lib, kechalari uxlolmay chiqadi. Men ishlarni tinchgina bitirib tashlashim kerak. Gaplarim sizlarni asabiylashtiradi", - dedi Rayola.

Oldinroq Rayola fransiyalik futbolchining MYUdan ketishi deyarli aniq ekanligini aytgandi. Pol "Yuventus"ga qaytishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal