Rayola Donnarummani “Milan”dan olib ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2017, 02:34
Futbol olamidagi mashhur agent Mino Rayola “Milan” posboni Janluiji Donnarummani Italiya jamoasida qolishini istamayapti.

U mijozini “Real” yoki “PSJ”ga sotish ilinjida. Agent darvozabon “Milan”ning barcha takliflarini rad etib, klubning futbolchi bilan shartnoma tuzishini xohlamayapti.

Donnarummaning oilasi – otasi Alfonso va aka Antonio agentning xarakatlaridan norozi. Janluijining o'zi ham Milanda qolishni istamoqda. U klub rahbariyati bilan bu borada yana bir marta muzokara o'tkazadi.

Ilgariroq “Milan” rahbariyati futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga kelishganligi haqida xabarlar chiqqandi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia