Rayola "Barselona"ga Pogbani taklif qildi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2018, 13:45
Agent Mino Rayol mijozi Pol Pogbani "Manchester Yunayted"dan olib ketmoqchi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Rayola "Barselona" vakillari bilan bo'lgan suhbatda o'z mijozi xizmatlarini jamoaga taklif qilgan. U Kataloniya klubi safida o'ynash ishtiyoqida ekanligini aytgan.

Pogba 2016 yilda "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u 33 uchrashuvda qatnashib, 5 gol kiritishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo