

Navbat darvozabonga. Bugun jamoani Ravshan Yagudin tark etdi. Posbon o'tgan mavsum "Bunyodkor" safida 14ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bunga qadar u Pro ligada "Sherdor", "Oq-tepa" jamoalarida to'p tepgan edi. Lutfulla To'raev, Xurshid G'iyosov, Nurillo To'xtasinov, Mirjahon Mirahmadov, Avazbek O'lmasaliev kabi futbolchilar rasman boshqa jamoalarga yo'l olganligini qo'shimcha qilish darkor.



