Ravshan Haydarov: "Ummonni mag'lub etib chorak finalga chiqmoqchimiz"

Xayrulla Xoliqov
15 yanv 2018, 11:35
Xitoyda bo'lib o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatida o'yinlar qizigandan qizimoqda. Bugun O'zbekiston U-23 terma jamoasi guruhdagi oxirgi uchrashuvini Ummonga qarshi o'tkazadi.

Guruh jadvalida hozir ajoyib vaziyat yuzaga kelgan. Qatar ikkita g'alabadan so'ng 6 ochko jamg'argan, bugun ular Xitoy bilan bahs olib borishadi. O'zbekiston va Xitoy hisobida 3 ochkodan bor. Ummon esa birinchi ikkita o'yinda mag'lub bo'lgan.

O'yindan oldingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Ravshan Haydarov shunday dedi:

- "Ummonga qarshi bahs biz juda muhim ahamiyatga ega. Xitoyni mag'lub etib ancha o'zimizga kelib oldik va endi o'z yo'limizda davom etishimiz kerak. Guruhimizda kuchli jamoalar yig'ilgan. O'ylaymanki, Ummon ham o'ziga yarasha kuchli raqib. Biz bu jamoani mag'lub etib chorak finalga chiqishga harakat qilamiz".

Eslatib o'tamiz, bugun guruhdagi har ikkala o'yin bir xil paytda, yani 13:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com