Ravshan Ermatov "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidagi vaziyat haqida fikr bildirdi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2021, 14:39
Kecha O'zbekiston Superligasining 18-turidan o'rin olgan “Paxtakor” - “Navbahor” uchrashuvi 0:0 hisobida o'z yakunlanganidan xabaringiz bor.

O'yindagi eng e'tiborli vaziyat 32-daqiqada ro'y berdi. “Paxtakor” hujumchisi Holmatov jarima maydonida yiqildi. Dastlab bosh hakam Zokir Qodirov penaltiga ishora qildi. Biroq vaziyat VAR yordamida ko'rib chiqilgach penalti yo'q ekanligi aniqlandi va qaror o'zgartirildi. Ushbu vaziyatga O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov munosabat bildirib o'tdi:

“Markaziy o'yinlarda har bir epizod uchrashuvni o'zgartirib yuborishi mumkin. O'sha vaziyatda VAR futbolchilar harakatiga to'g'ri baho bera oldi va natijada nohaq penalti belgilanishining oldi olindi. VAR aynan mana shunday bahsli vaziyatlarda adolatli qaror chiqarishga xizmat qilgani e'tiborga loyiq. Biz bu boradagi ish sifatini yaxshilash bo'yicha harakat qilishda davom etamiz. Maqsadimiz bosqichma-bosqich har bir o'yinda VAR bo'lishini taminlash”, deydi Ravshan Ermatov.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia