Raul "Real" yoshlarini boshqaradi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2018, 12:25
"Real" sobiq hujumchisi Raul Gonsales kelasi oydan murabbiylik faoliyatini boshlaydi.

2015 yilda faoliyatini yakunlagan Raul tez orada murabbiylik diplomini oladi va "Real"ning 18 yoshgacha bo'lgan jamoasini boshqaradi.

Raul 1994-2010 yillar davomida Madrid klubida to'p tepgan. Bo'lajak murabbiy "Qirollik klubi" bilan 6 karra Ispaniya chempioni, 3 marta Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan va Ispaniyada 5ta yil futbolchisi sovrinini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca