

Portugaliyalik mutaxassis 2010/11 mavsumdan boshlab "qaymoqranglilar"ni boshqara boshlagan, aynan o'sha yili Raul Gelzenkirxen klubiga o'tgan edi.
"Biz Mourinyo bilan bir necha marta suhbatlashganmiz. Bu suhbatlar juda pozitiv bo'lgan, ammo men "Shalke"ga o'tishga qaror qilib bo'lgan edim" - deydi Raul.
Raul 2010 yildan 2012 yilgacha nemis klubida o'ynagan, keyin esa 2014 yilgacha Qatarning "Al-Sadd" sharafini himoya qilgan.



