Raul: Butun futbol dunyosi Nyu-York Kosmosni biladi

Narzulla Saydullayev
31 okt 2014, 09:29
Ispaniyalik hujumchi Raul Amerikaning Nyu-York Kosmos klubi bilan shartnoma tuzgach o'z fikrlarini bildirdi.
Butun futbol olami Kosmos klubi va uning tarixini juda yaxshi bilishadi.

Bu klub AQSHda futbol rivojlanishida katta xissa qo'shgan, aynan shu yerda ekanligimdan faxrlanaman. Klubning maqsadlari menga yoqdi, jon deb bu yerda to'p tepama, – deydi Raul.

Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida Nyu-York Kosmos safida Pele, Franc Bekenbauer va bir qator mashhur futbolchilar to'p tepishgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru