Rasmus o'rniga Uotkins? MYU hujumida o'zgarishlar kutilmoqda

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2025
"Manchester Yunayted" jamoasi "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkinsning transferiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "The Athletic".

Manbaning xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" vakillari 29 yoshli angliyalikning transferi bo'yicha allaqachon "Aston Villa" bilan bog'langan. U tarkibda Rasmus Xoylund o'rnini egallashi rejalashtirilgan. "Aston Villa" Uotkins uchun 70 mln evro olishni rejalashtirmoqda.

Uotkins 2024/25 yilgi mavsum "Aston Villa" libosida 54 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 40 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic