Rasmiy xabar: Real Flamengodan 18 yoshli futbolchini sotib oldi

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2020, 21:35
Real Flamengo yarim himoyachisini Reynerni sotib olganini e'lon qildi.

18 yoshli braziliyalik futbolchi Madrid klubi bilan 2026 yilga qadar shartnoma tuzdi. Qirollik klubi futbolchi uchun 30 million evro to'lagani xabar qilingan edi.

Reyner yangi klubi safiga 9 fevral kuni qo'shiladi.

Yarim himoyachi bu mavsum Braziliya chempionatida 14ta o'yinda maydonga tushdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realmadrid.com