Rasmiy xabar: "Milan" ikki yil evrokuboklarda o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2018, 11:07
UEFA "Milan"ga jiddiy jazo berdi.

Tashkilot rasmiy sayti xabariga ko'ra, milanliklar moliyaviy fair-play qoidalarini jiddiy ravishda buzganligi uchun ikki yilga evrokuboklardan chetlatildi. "Milan" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, Yevropa ligasiga yo'llanma olgandi.

"Milan" matbuot xizmati UEFAning ushbu qarori uchun sport arbitraj sudi (CAS)ga ariza topshirishini ham rasman ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: acmilan.com