Rasmiy xabar: Marchello Lippi - Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2016, 15:57
68 yoshli italiyalik mutaxassis Marchello Lippi Xitoy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'ldi.
Xitoy Futbol Assotsiatsiyasi bugun italiyalik murabbiy terma jamoada ish boshlagani haqida rasman xabar tarqatdi.

Marchello Lippi 2012 yildan 2014 yilgacha Xitoyning "Guanjou Evergrand" jamoasini boshqargan edi. Ushbu murabbiy qo'l ostida Italiya terma jamoasi 2006 yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqqan edi.

Eslatib o'tamiz, Xitoy terma jamoasi sobiq ustozi Gao Xonbo O'zbekistondan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng iste'foga chiqqan edi. Xitoy 15 noyabr kuni o'z maydonida Qatar bilan o'ynaydi.
Murabbiy 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan matbuot-anjumanida rasman Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia