Rasmiy xabar: Islombek Ismoilov o'z arizasiga ko'ra iste'foga chiqarildi. Uning o'rnini xorijlik murabbiy egalladi

Narzulla Saydullayev
13 may 2021, 22:32
Bugun bo'lib o'tgan "Turon" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng klubimiz rahbariyati ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Mazkur yig'ilishda bosh murabbiy Islombek Ismoilov o'z arizasiga ko'ra iste'foga chiqarildi. Jamoani vaqtincha polshalik mutaxassis Baguslav Baniak boshqarib turadigan bo'ldi. Aynan Coca-Cola Superliganing 9-turida "Surxon" jamoasi bilan o'tkaziladigan uchrashuvga jamoani Boguslav Baniak tayyorlaydi.


 


"Turon" futbol klubi Islombek Ismoilovga jamoa yutuq va g'alabalarida qo'shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirgan xolda yosh mutaxassisning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar yor bo'lishini tilaydi", - deb yozadi "Turon" futbol klubi matbuot xizmati.  


Yaypanga kelgan polshalik murabbiy: "O'zbekiston klublarini Polshaga taklif qilmoqchimiz"         

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia