Rasmiy xabar. Husniddin G'ofurov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2019, 13:09
Yarim himoyachi Husniddin G'ofurov "Sherlar" bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi.

Qanot yarim himoyachisi poziciyasida o'ynaydigan G'ofurov professional faoliyatini 2012 yil "NBU-Osiyo" jamoasida boshlagan. 2014 yil Serbiyaning "Yavor" klubi bilan shartnoma imzolab, keyinchalik "Mladost" safiga ko'chib o'tdi. 2018 yildan ayni paytgacha u "Lokomotiv" safida maydonga tushdi.

Bir yarim yillik shartnoma imzolagan Husniddin G'ofurov endi "Paxtakor" futbolchisiga aylandi. Biz uning jamoamizdagi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

"Paxtakor"ga xush kelibsan, Husniddin!, - deb yoziladi "Paxtakor" klubi rasmiy saytida. 

Husniddin G'ofurov
Tug'ilgan sanasi
: 29.07.1994
O'ynagan jamoalari: 2012-2013 "NBU-Osiyo" 20 o'yin, 14 gol
2014-2017 "Yavor" Serbiya 80 o'yin, 9 gol
2017 "Mladost" Serbiya 8 o'yin, 1 gol
2018-2019 "Lokomotiv" 37 o'yin, 4 gol



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz