Rasmiy xabar: Diyor Imomxo'jaev O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Narzulla Saydullayev
26 may 2020, 20:04
O'zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Davron Shoqurbonov joriy yil 25 may kunidan o'z arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Shu sababli, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti A.Azizovning taqdimiga binoan Diyor Imomxo'jaev O'zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo'mitasi tomonidan bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi, - deb xabar bermoqda PFL rasmiy sayti. Undan oldingi direktor Davron Shoqurbonov 2019 yil 17 iyun kuni O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Diyor Imomxo'jaev bunga qadar Bosh direktorning sport ishlari bo'yicha o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shunday qilib, Diyor Imomxo'jaev PFL rahbariga aylangan hisob bo'yicha to'rtinchi direktor bo'ldi. 2008 yilda tashkil etilgan PFLda shu paytga qadar Farhod Magometov, Omon G'ofurov va Davron Shoqurbonov direktor sifatida ishlashgan. 

PFL maqsad va vazifalari:
 
Mamlakatimizda professional futbolni takomillashtirish tizimi birinchi navbatda professional futbol klublarimizning Osiyo chempionlari ligasida muvaffaqiyatli qatnashuvini taminlash, shuningdek, FIFA, OFK chempionatlari va xalqaro musobaqalarda O'zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan yuqori malakali futbolchilar bilan terma jamoalarimiz tarkibini mustahkamlash.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia