Rasmiy xabar: A guruhi Pro-liga ishtirokchilari nomi ma'lum

Narzulla Saydullayev
14 mar 2019, 11:50
Bilasiz, Professional futbol ligasi A va B Pro-ligalarida to'p suradigan jamoalarni saralab olayotgani haqida xabar bergan edik.

Dastavval qayd etilganidek, “Mashal”, “Xorazm”, “Neftchi”, “Istiqlol” va “Sho'rtan” klublari A Pro-ligada ishtirok etish masalasida jiddiy ish olib borishayotgan edi. B Pro-ligasida ishtirok etishni istayotgan jamoalar soni esa ancha ko'proq edi.

Bugunga kelib A Pro-liga ishtirokchilari nomi 90 foizga ma'lum bo'lib ulgurdi. A Pro-liganing 2019 yilgi mavsumida 8 ta klub ishtirok etadi. Ularning 7 tasi allaqachon ma'lum – “Mashal”, “Neftchi”, “Sho'rtan”, “Istiqlol”, “Sherdor”, “Xorazm” va “Orol”. A Pro-liganing 8-ishtirokchisi esa 17-22 mart kunlari bo'lib o'tadigan PFL kubogi musobaqasi g'olibi bo'ladi.

B Pro-ligasi qatnashchilari nomi ham yaqin vaqt ichida aniq bo'ladi.

A Pro-liga ishtirokchilari :

⚽️ Mashal
⚽️ Neftchi
⚽️ Sho'rtan
⚽️ Istiqlol
⚽️ Sherdor
⚽️ Xorazm
⚽️ Orol
⚽️ PFL kubogi g'olibi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz