Rasman: Zafar Safaev – "Lokomotiv" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2023, 17:10
"Lokomotiv" futbol klubi mavsumlar oralig'idagi navbatdagi transferini e'lon qildi.

O'tgan mavsum davomida "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan darvozabon Zafar Safaev endilikda "Lokomotiv" a'zosi. 



31 yoshli posbon klub bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, posbon o'tgan mavsum 8 ta uchrashuvda qatnashib, darvozasidan 13 ta to'p olib chiqqan.

Avvalroq "Loko" Safaevni o'z tarkibiga jalb qilgani haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати