Rasman: Xoselu Al Garafaga ko'chib o'tdi. Qatarliklar hujumchini Realdan qanchaga sotib olgani ma'lum

Khoja
29 iyun 2024, 07:43
Real Madrid Xoseluni Espanoldan sotib oldi va shu kunning o'zida Al Garafaga sotib yubordi.

Qatarliklar futbolchi uchun madridliklar hisob raqamiga 1.5 million evro o'tkazib berishgan. Futbolchining o'zi bilan esa 2+1 ko'rinishda shartnoma tuzishdi

2023/24 yilgi mavsumda Xoselu qaymoqranglilar safida 49 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol va 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Madrid klubi bilan hujumchi La Liga va Ispaniya superkubogini yutdi, Chempionlar Ligasida ham g'olib chiqdi.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com