Rasman: Xaynkes "Bavariya"ga qaytdi

Narzulla Saydullayev
6 okt 2017, 18:52
"Bavariya" klubi rasmiy sayti bir necha kun oldin chiqqan xabarni tasdiqladi.

72 yoshli murabbiy Myunxen klubini mavsum oxiriga qadar boshqaradigan bo'ldi.

Oldinroq Bavariya rahbariyati Karlo Anchelottini qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo'shatgandi.

Xaynkes 2013 yil Bavariya bilan YCHL, Germaniya chempionati, Germaniya Superkubogi va Germaniya Kubogini yutib faoliyatini yakunlagan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbayern.de