Rasman: Xavi Simons faoliyatida ilk bora professional shartnomaga imzo chekdi

Eldor Akmurzayev
23 iyul 2019, 22:20
Xabaringiz bor, bugun Barselonaning yosh iqtidorli futbolchisi Xavi Simons klub strukturasini tark etdi.

Bunga kataloniyaliklar va 16 yoshli yarim himoyachining agenti Mino Rayola o'rtasidagi nizolar sabab bo'lgan deya baholanmoqda. Yarim himoyachi endigi faoliyatini PSJda davom ettiradi. Xavbek parijliklar bilan uch yillik kelishuvga erishgan. Aytish joizki, bu gollandiyalik vunderkindning ilk professional shartnomasidir.

Eslatib o'tamiz, Simons ko'k-anorranglilarning turli yosh toifasidagi jamoalarida 9 yil faoliyat olib bordi. Barsa joriy  yozda esa u bilan shartnoma tuzmoqchi edi. Biroq, bu amalga oshmay qoldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside