Rasman: Vanolidan so'ng 33 yoshli Abaskal "Spartak" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Alisher
10 iyun 2022, 13:55
Ispaniyalik mutaxassis Gilermo Abaskal Moskvaning "Spartak" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 33 yoshli mutaxassis ushbu mavsum "Bazel" bilan birga Shveytsariya chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan.

Oldinroq, Moskva klubi Paolo Vanoli va uning murabbiylar shtabi "Spartak"ni tark etganini e'lon qilgandi.

Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov huquqiy jihatdan "Spartak" klubiga tegishli.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: spartak.com