

"Barselona" rasmiy saytining ma'lum qilishicha, kataloniyaliklar futbolchi uchun nemislarga 105 million evro to'laydi. Bu summa turli bonuslar hisobiga ortishi mumkin, yani bonuslar uchun qo'shimcha millionlar to'lanadi.
Dembele "ko'k-anorranglilar" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Uning "Barselona"dagi tovon puli 400 million evroni tashkil etadi.
Fransiyalik futbolchi yakshanba kuni Kataloniyaga keladi va dushanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi.




