Rasman: Unai Emeri - "Aston Villa" bosh murabbiyi

Mirjalol Normatov
25 okt 2022
"Aston Villa" yangi bosh murabbiyini rasman e'lon qildi.

50 yoshli mutaxassisning Angliya ish vizasi chiqqanidan keyin 1 noyabr kunida klubda ish boshlaydi. Uning yillik maoshi 7 million evrona teng bo'ladi.

Ispaniyalik mutaxassis shu orqali 2021 yili Yevropa ligasini yutgan "Vilyarreal"dagi joyini tashlab ketmoqda. U 2018-2019 yillarda "Arsenal"da ham faoliyat olib borgan.

"Aston Villa" ayni damda APL turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal