Emeri "Aston Villa"dan ketishi mumkin

Alisher Ostonov
8 mar 2026, 14:34
54 yoshli ispaniyalik murabbiy Unai Emeri katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach "Aston Villa"ni tark etadi.

Bunga asosiy sabab - klubni moliyalashtirishdan norozilik. Ispaniyalik mutaxassisni transfer cheklovlari qoniqtirmayapti.

Emeri "Aston Villa"ga 2022 yilda, klub ligada joy saqlab qolish uchun kurashayotgan paytda kelgan. Hozirda jamoa APLda to'rtinchi o'rinda bormoqda, keyingi haftada Yevropa Ligasi 1/8 finalida "Lill"ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Football Insider