

Navoiyning "Qizilqum" klubi tajribali yarim himoyachi Asror G'ofurovni o'z safiga qo'shib oldi. Surxondaryolik futbolchi klub bilan yarim yillik shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, Asror G'ofurov 2024 yilning ikkinchi davrasida "oltin izlovchilar" safida harakat qilgan edi. U faoliyati davomida "Bashundxara" (Bangladesh), "Surxon" (Termiz), "Saif" (Bangladesh), "Andijon" (Andijon), "Izelspor" (Turkiya), "Manisaspor" (Turkiya), "Gebzespor" (Turkiya), "Paxtakor" (Toshkent) jamoalarida to'p tepgan.



