Rasman: So'g'diyona - Lokomotiv uchrashuvi Yangiyerda o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2015, 11:57
Oliy liganing 3-tur doirasidagi So'g'diyona - Lokomotiv uchrashuvi Yangier shahridagi Yangier stadionida o'tkazilishi tasdiqlandi.
Sababi Jizzax shahrida barpo etilayotgan So'g'diyona markaziy stadioni maydon chimi aprel oyi birinchi o'n kunligida tayyor holga keladi. Uchrashuv 3 aprel kuni soat 16:00 da boshlanadi.

Futbolga befarq bo'lmagan barcha futbol muxlislarini 3 aprel kuni Yangier shahrida o'tkaziladigan ushbu uchrashuvga taklif etamiz.

Jizzax shahridagi So'g'diyona markaziy stadioni 18 aprel kuni foydalanishga topshiriladi va ochilish marosimi o'tkaziladi. Shu kuni So'g'diyona - Metallurg jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yangi stadionda o'tkaziladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz