

"So'g'diyona" klubi jamoaning shimoliy makedoniyalik legioneri Lyupche Doriev bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Dorievning yangi shartnomasi 2026 yilning dekabr oyiga qadar davom etadi.
Ma'lumot uchun, Lyupche Doriev ushbu mavsum Superliganing 19 uchrashuvida maydonga tushib, 10 ta gol urdi. Hujumchi mavsumning asosiy qismida to'purarlar ro'yxatini boshqarib kelayotgandi. Hozirda Doriev Cherandan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.




