

"Bayer" hujumchisi Shtefan Kissling faoliyatini yakunlash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda leverkuzenliklarning tvittyerdagi rasmiy sahifasi ma'lum qilgan. Xabar qilinishicha, hujumchi yana bir yil futbol o'ynaydi va keyingi yilning yozida butsalarini mixga iladi. 33 yoshli futbolchi o'zining ortda qolgan mavsumdagi o'yinidan qoniqmadi va hozirning o'zida faoliyatini yakunlamoqchi edi. Lekin, klub rahbariyati uni yana bir yil qolishga ko'ndirgan.
Shtefan Kissling Bundesligada 20ta o'yinda to'rtta gol urdi. U "Bayer" tarkibida 2006 yildan beri o'ynab kelmoqda.




