Rasman: Sharof Muhitdinov O'zbekiston chempionatiga qaytdi

Alisher
6 iyul 2023, 19:23
Joriy yilning fevral oyida Eronning "Sanat Naft" klubiga o'tgan o'zbekistonlik yarim himoyachi Sharof Muhitdinov "Neftchi" (Farg'ona) bilan shartnoma imzoladi.

"Sharof Muhitdinov 1997 yil 14 aprelda Jizzax viloyatida tug'ilgan. Yarim himoyachi ampluasida harakatlanadigan Sharof Muhiddinov "Nasaf" futbol klubidagi faoliyati orqali muxlislarga tanish bo'lib ulgurgan. Qarshiliklar safida 77 uchrashuvda 23 gol urishga erishgan futbolchi  Toshkentning "Paxtakor" hamda Eronning "Sanat Naft" jamoalarida ham faoliyat olib borgan. Shuningdek, futbolchi O'zbekiston terma jamoasining turli toifalarida to'p surgan. Hozirgi kunda milliy terma jamoasi a'zosi hisoblanadi. Sharof Muhiddinov "Neftchi"ga erkin agent maqomida qo'shildi. 

Jamoamizga xush kelibsiz Sharof!", - deyiladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати