Rasman: Sardor Rashidov jamoasi Portugaliya chempionatidan tushib ketdi

Eldor Akmurzayev
13 may 2019, 00:10
Portugaliya chempionatining 33-turida Nasonal o'z uyida Portuga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, Koshtinya ustozligidagi klub so'nggi tur oldidan rasman kelasi mavsumni quyi divizionda boshlaydigan bo'ldi. Nasonal safida harakat qilayotgan o'zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov viza bilan bog'liq muammolar tufayli oxirgi o'yinlarda jamoa qaydnomasidan joy olmayotgani haqida xabar bergandik. Eslatib o'tamiz, Rashidov mazkur klub safida 7ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgandi.

Nasonal  – Portu 0:4

Gollar: 0:1 – 14 Aleks Telles, 0:2 – 28 Oliver Torres, 0:3 – 59 Xesus Korona, 0:4 – 88 Mussa Marega.

 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia