Rasman: Rustam Turdimurodov – "Surxon" a'zosi!

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2025, 15:49
Hujumchi Rustam Turdimurodov Termiz klubiga o'tgani e'lon qilindi.

"21 yoshli futbolchi Toshkentning "Paxtakor" jamoasidan transfer qilindi. Joriy mavsumning birinchi davrasida u "Andijon" safida ijara asosida to'p tepgan. Futbolchi bilan tuzilgan shartnoma mavsum oxirigacha mo'ljallangan bo'lib, uni uzaytirish imkoniyati ham mavjud", – deyiladi xabarda.

Turdimurodov faoliyati davomida "Paxtakor", "Andijon" hamda Belarusning "Energetik-BGU" jamoalarida o'ynagan. Shuningdek, u O'zbekiston yoshlar terma jamoasining amaldagi a'zosi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати