Rasman: “Rostov” Shomurodov o'rniga yangi hujumchi sotib oldi

Eldor Akmurzayev
1 okt 2020, 19:15
Avvalroq, o'zbekistonlik futbolchi rasman faoliyatini “Jenoa”da davom ettirishi haqda xabar bergandik.

“Tambov” forvardi Vladimir Obuxov “Rostov” a'zosiga aylandi. Ma'lumotlarga qaraganda, Obuxov donliklar bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi esa oshkor qilinmagan. U “Spartak” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2019 yil “Tambov” a'zosiga aylangandi.

Vladimir RPL joriy mavsumida 9 o'yinda qatnashib, samarali natija ko'rsatolmadi. Qayd etish joiz, Vladimir Obuxov 1992 yil, 8 fevral kuni Buxoroda tug'ilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/rostovfc