

"Qo'qon-1912" klubi rasman yana ikki nafar futbolchini o'z safiga qo'shib olganini ma'lum qildi. Qo'qonliklar ikkinchi davrada Muhriddin Fazliddinov va Azamat Soyibov yordamidan foydalanishadi. Klub ikki futbolchi bilan rasman shartnoma tuzganini e'lon qildi.Muhriddin Fazliddinov birinchi davrada "Xorazm" safida o'ynagan. Azamat Soyibov esa qo'qonliklar safiga "OMKM-Semurg'" jamoasidan kelib qo'shildi. Avvalroq, "Qo'qon-1912" o'z safiga Shohruh Gadoevni qo'shib olganini e'lon qilgandi.
Muhriddin Fazliddinov
Tug'ilgan sanasi: 09.04.2004
Ampulasi: Yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: Paxtakor, Xorazm
Azamat Soyibov
Tug'ilgan sanasi: 20.12.1998
Ampluasi: Darvozabon.



