Rasman: PSJ klubi "Chelsi" posbonini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
6 iyul 2019
Chelsi bilan shartnomasi iyul boshida yakunlangan kiper Marchin Bulka erkin agent sifatida PSJga o'tdi.

19 yoshli polshalik posbon parijliklar bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzoladi. Bulka 2016 yilda aristokratlar a'zosiga aylangan bo'lib, asosan, yoshlar (U-18, U-19, U-21, U-23) jamoalarida faoliyat olib borgandi. Yangi klubi safida u 30 raqam ostida harakat qiladi.

Bulka londonliklarning yoshlar jamoalarida 31 bahsda qatnashib, o'z darvozasidan 42ta gol o'tkazib yuborgandi. Shuningdek, darvozabon 8 uchrashuvni quruq o'tkazishga muvaffaq bo'lgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: PSG.fr