Rasman: Polsha terma jamoasi JCH saralashining keyingi bosqichiga avtomatik tarzda yo'l oladi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2022, 00:41
FIFA rasman ushbu qarorni tasdiqladi.

Rossiya va Polsha terma jamoalari o'rtasidagi o'yin o'tkazilmaydigan bo'ldi. Bu haqida FIFA rasman ma'lum qildi. Polsha terma jamoasi JCH saralashining final bosqichiga avtomatik tarzda yo'l oladi. FIFA 28 fevral kuni Rossiyani barcha xalqaro musobaqalardan chetlatgan edi.

Endi Polsha terma jamoasi JCH saralashining hal qiluvchi o'yinida maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 29 mart kuni o'tkaziladi. Polshaning raqibi Shvetsiya va Chexiya termalari o'rtasidagi o'yindan so'ng ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: FIFA.com