Rasman: Pirlo B Seriya jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2023
Andrea Pirlo "Sampdoriya" klubida ish boshladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

44 yoshli mutaxassis Genuya klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. U 2021 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin "Yuventus" bosh murabbiyligidan ketgandi. Shundan keyin u 1 mavsum davomida Turkiyaning "Fatix Karagumryuk" klubini boshqardi.

Eslatib o'tamiz, "Sampdoriya" o'tgan mavsum A Seriyada 20-o'rinni egallab, quyi ligaga ravona bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sampdoria.it