Rasman: Oybek Rustamov - "Nasaf" o'yinchisi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2025
"Nasaf" futbol klubi so'nggi uch mavsum davomida Olmaliqning OKMK jamoasida ijara asosida to'p tepgan tajribali yarim himoyachi Oybek Rustamovni "Qo'qon-1912" klubidan to'liq transfer qildi.

"Oybek Rustamov faoliyati davomida "Qo'qon-1912" hamda OKMK jamoalari sharafini himoya qilgan. 

Futbolchi jamoamiz bilan uch yillik shartnoma imzoladi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Avvaroq qarshiliklar yarim himoyachini "Qo'qon-1912" jamoasidan taxminan 1 milliard so'mga sotib olgani haqida xabar bergan edik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати