Rasman: OKMK "Lokomotiv" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
4 fev 2025, 10:21
OKMK yangi mavsumga selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

Klub yana bir iqtidorli yosh futbolchi - Abubakr Rizo Turdialievni o'z safiga qo'shib oldi. Ikki karra O'zbekiston kubogi sohibi bo'lgan yarim himoyachi bu yildan e'tiboran OKMK FK sharafini himoya qiladi.

24 yoshli himoyachi bunga qadar Qarshining "Nasaf", Toshkentning "Olimpik va" "Lokomotiv" klublarida to'p surgan. Shuningdek, u O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi sifatida ham harakat qilgan. Turdialiev o'tgan mavsumni "temiryo'chilar" safida o'tkazgan bo'lib, 20 ta o'yinda maydonga tushgan va barqarorlik ko'rsatgan. Endilikda, OKMK FK va futbolchi o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати