Rasman: Odiljon Hamrobekov  - “Navbahor” futbolchisi!

Mirjalol Normatov
30 yanv 2024
Tajribali yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi. 

"Hamrobekov futbolchilik faoliyati davomida “Nasaf” (Qarshi, 2013-2018 yillar),  “Paxtakor” (Toshkent, 2019-2021 yilning 2-davrasi – 2023 yillar), “Shabab Al-Ahli” (Dubay, BAA, 2021 yilning 1-davrasi) jamoalarida o'ynagan.

Odiljon Hamrobekov o'tgan mavsumda “Paxtakor” tarkibida barcha musobaqalarda jami 30 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan holda, 1 ta golga assistentlik qilgan. 

Yarim himoyachi 2017 yildan buyon O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi va ayni paytda Qatarda bo'lib o'tayotgan Osiyo kubogi – 2023 musobaqasida terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilmoqda", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати