Rasman: Oblak "Atletiko" bilan yangi shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
17 apr 2019
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak klubi bilan shartnomani uzaytirdi.

Klub rasmiy sayti bergan ma'lumotlarga ko'ra, yangi bitim 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Avvalgi kelishuv 2021 yilning yozigacha amal qilar edi.

Oblak 2014 yildan beri "Atletiko" sharafini himoya qiladi. Joriy mavsum 26 yoshli futbolchi LaLiganing 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 18ta uchrashuvda darvozasini "quruq" saqladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: atleticodemadrid.com