Rasman: Mukiele “Leyptsig” bilan xayrlashdi. Uning keyingi klubi deyarli aniq

Eldor Akmurzayev
26 iyul 2022, 09:10
“Leyptsig” himoyachisi Nordi Mukiele klubdan ketayotganini e'lon qildi.

24 yoshli o'yinchining yangi jamoasi esa PSJ bo'ladi. Mukiele tez orada parijliklar bazasida tibbiy ko'rikdan o'tib, ko'p yillik shartnoma imzolaydi.

Francuz o'tgan mavsum Bundesliganing 28 o'yinida qatnashib, 3 golli pas amalga oshirdi. Uning transfer narxi taxminan 20 million evroga baholanmoqda. U 2018 yildan beri “qizil buqalar” sharafini himoya qilib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru