Rasman: Muhriddin Zoirov - "Lokomotiv" futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
7 yanv 2025, 14:10
"Lokomotiv" yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

O'tgan 4 mavsum davomida "Sho'rtan" tarkibida harakat qilgan va 91 o'yinda maydonga tushib, 36 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan mahoratli hujumchi Muhriddin Zoirov "Lokomotiv" a'zosiga aylandi.


"1999 yilning 22 iyunida tavallud topgan futbolchi bunga qadar "Nasaf" va "Sho'rtan" jamoalarida faoliyat olib brogan.

Biz Muhriddin Zoirovga yangi mavsumda omad tilagan holda "temiryo'lchilar" safiga xush kelibsan deb qolamiz", - deyiladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Локомотив" ФК матбуот хизмати