Rasman: Mirko Yyelichich - "Olimpik" bosh murabbiyi!

Omonjon To`xtamirzayev
30 yanv 2025, 19:52
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi mavsumni PRO-Ligada o'tkazadigan "Olimpik" jamoasi avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yyelichich bilan kelishuvga erishdi. Bu haqida avvalroq "Eshitdik-da" rukni orqali xabar bergandik. 

"59 yoshli murabbiy bu yil jamoamizni bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi. Yelichich murabbiy sifatida 3 marotaba O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan.

Mirko Yyelichichga "Olimpik"dagi faoliyati mobaynida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

"Olimpik"ga hush kelibsiz, janob Yyelichich!", - deyiladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Олимпик" ФК матбуот хизмати