Rasman: “Milan” yangi darvozabon bilan shartnoma imzoladi

Eldor Akmurzayev
27 may 2021, 19:20
“Lill” kiperi Mayk Menyan “Milan” a'zosiga aylandi.

25 yoshli francuz “rossonerilar” bilan 2026 yil yozigacha shartnoma tuzdi. U jamoada 16-raqam ostida darvozani qo'riqlaydi.

Avvalroq, “Milan” Menyanning transferi uchun 13+2 evro sarflashi va u milanliklar tarkibida yiliga 2,5+0,5 mln evro olishi xabar qilingandi.

Darvozabon yakunlangan mavsum “Lill” bilan Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi. U Liga 1 doirasida 38 o'yinda qatnashib, 21 bahsni “quruq” o'tkazdi.

“Milan” Menyanni yozda klubni erkin agent sifatida tark etadigan Janluiji Donnarummaning o'rniga xarid qildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/acmilan